Ushbu retsept barcha turdagi karamli golubtsi tayyorlash uchun mos keladi
Kerakli masalliqlar:
"Vkusno by Seva" yarim tayyor karamli golubtsi
Piyoz 1 dona
Sabzi 1 dona
Suv 200 ml
Ketchup 3-4 osh qoshiq
Mayonez 2 osh qoshiq
Smetana 150 gr
Tomat 1 osh qoshiq
Shakar 1 osh qoshiq
Tayyorlanishi:
Qizib turgan yog’ga piyozimizni solib olamiz. Sabzi qo’shib , ta’bga ko’ra ziravor qo’shib, ozgina qovurib olamiz. Keyin ustidan karamli golubtsilarimizni terib chiqamiz.
Sousimizni tayyorlavolamiz:
Ketchup, mayonez, tomat va shakar qo’shib aralashtirib olamiz. Karamli golubtsilarimizni ustiga quyib 25 minutga dimlaymiz. Xohishga ko’ra dekor qilib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
"Vkusno by Seva" yarim tayyor mahsulotlar bilan hayot yanada oson